O‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarlar asossiz — Sanepidqo‘mita

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi video asossiz ekani ma’lum qilindi. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Qo‘mita so‘nggi yillarda O‘zbekistonda muzqaymoq iste’moli bilan bog‘liq zaharlanish yoki og‘ir salbiy holatlar qayd etilmaganini qayd etdi.
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan barcha muzqaymoqlar tegishli tashkilotlar nazorati ostida bo‘lib, laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlarga amal qiladi.
Mutasaddilar fuqarolardan yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘ramoqda. Muzqaymoqni faqat sertifikatlangan savdo shoxobchalaridan xarid qilish tavsiya etiladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston yarim yilda ikki ming tonnaga yaqin muzqaymoq import qilgani haqida yozgandi.