Yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in yuz berdi

Jarohat olganlar hozircha yo‘q
FVV
Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: FVV

Bugun, 19-avgust kuni soat 11:11 da Toshkent shahrining Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hududda qurilish mahsulotlari yonib ketgan. Voqea joyiga navbatchilikdagi va qo‘shimcha yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, o‘t o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/08/video_2025-08-19_11-36-27.mp4

Hozircha yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Vazirlik qo‘shimcha ma’lumotlarni keyinroq taqdim etishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.