OnePlus 15 smartfonining yangi xususiyatlari oshkor bo‘ldi

19-avgust 2025 17:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
One Plus
OnePlus 15 yangi xususiyatlari oshkor bo‘ldi / Foto: OnePlus

Tez orada taqdim etiladigan OnePlus 15 smartfoni bir qator yangiliklarga ega bo‘ladi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Qurilma 165 gersli (Hz) OLED ekran bilan ta’minlanadi. Bu kompaniya tarixida ilk bor qo‘llanilmoqda. Bunday displey asosan o‘yinlar uchun qulaylik yaratishi kutilmoqda. Smartfonni Snapdragon 8 Elite 2 protsessori boshqaradi.

Yana bir yangilik — Moon Rock Black deb nomlangan mutlaqo qora rangdagi korpus. U yorug‘likni yuqori darajada yutish xususiyatiga ega bo‘lib, avvalgi Super Black versiyasidan ham qora bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, o‘zining magnitli himoya g‘ilofini yangilab, yanada qulay tekstura bilan taqdim etadi.

Avvalroq xabar qilinganidek, OnePlus 15 uchun OLED panelni BOE ishlab chiqaradi. Ekran diagonali 6,78 dyuym, aniqligi esa 1,5K bo‘ladi. Smartfon 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyator, 100 vattli simli va 50 vattli simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera uchta 50 megapikselli sensor bilan jihozlanib, ulardan biri 3x optik zoom imkoniyatini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OnePlus 15 va OnePlus Ace 6 smartfonlarining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek