
2025-yil yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda 760,3 ming tonna asfalt aralashmalari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning shu davridagiga nisbatan 309,5 ming tonnaga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 68,7 foizni tashkil etdi.
Yillar kesimidagi ishlab chiqarish hajmi (yanvar – iyun):
- 2023-yil – 249,6 ming tonna;
- 2024-yil – 450,8 ming tonna;
- 2025-yil – 760,3 ming tonna.
Transport vaziri Ilhom Mahkamovning aytishicha, 2030-yilgacha ichki yo‘llarining barchasi asfaltlanadi. Bu borada aniq rejalar ishlab chiqilgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistonda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2017-yilgacha ajratilgan mablag‘lardan qariyb 3,5 baravar ko‘p.