Yangiliklar

Rossiya va O‘zbekiston $3,5 milliardlik loyihalarni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda qo‘shma texnopark va klasterlar jadal rivojlantirilmoqda
Rossiya va O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston $3,5 milliardlik loyihalarni rejalashtirmoqda / Foto: Facebook.com

Rossiya va O‘zbekiston qiymati qariyb $3,5 mlrdga teng loyihalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya eksport markazi vakolatxonasi rahbari Pavel Buxanov Kursiv Uzbekistan muxbiriga ma’lum qildi.

Tomonlar 40 dan ortiq mintaqalararo kelishuvlarni amalga oshirmoqda. 2023-yildan buyon respublikada Rossiya ishtirokidagi yuridik shaxslar soni 3 mingdan oshdi.

Rossiya O‘zbekistonda ishlab chiqarish yoki vakolatxona ochgan xorijiy davlatlar orasida birinchi o‘rinda turadi. 2023-yilda Tatariston bilan hamkorlikda tashkil etilgan Chirchiq texnoparki ish boshlagan bo‘lib, uning hududlari to‘liq band etilgan, yangi maydonlarni o‘zlashtirish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Navoiy viloyati va Samarqandda ham shunday zonalarni tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya korxonasi 100 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlash taklifini bildirgan edi.