Yangiliklar

Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun
Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi / Oliy Majlis Senati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevani II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toqayev senatorning ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlarini yuksak baholadi.

Tanzila Norboyeva samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doimo hissa qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev 112 nafar ishbilarmonni «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlagan edi.