Toshkent – Boku reysi noma’lum muddatga qoldirildi

eʼlon qilindi
Texnik nosozliklar sababli
Foto: Uzbekistan Airports

Bugun, 19-avgust kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Toshkent – Boku yoʻnalishidagi J2-532 reysi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Reys qoldirilishiga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. Aviakompaniya ma’lumotiga koʻra, yoʻlovchilar vaqtincha mehmonxonalarga joylashtirilmoqda. Parvozning yangi vaqti hozircha belgilanmagan.

Kompaniya batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent – Moskva reyslari vaqti yana o‘zgargani haqida yozgandi.

Shuningdek