Yangiliklar

Uzcosmos va BMT qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimini yaratmoqda

Loyiha 2025-yil may oyida ishga tushirilgan
Uzcosmos va BMT qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimini yaratmoqda. Foto: uzcosmos

Uzcosmos va BMT qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimini yaratmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Global iqlim o‘zgarishi oqibatida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda ham qurg‘oqchilik xavfi ortib bormoqda. Bu jarayon hosildorlikning kamayishi, chorva yo‘qotilishi va aholining yashash sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu sababli Uzcosmos agentligi BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP) bilan hamkorlikda qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimini ishlab chiqmoqda. Tizim sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslanib, tuproq namligi, ekinlar holati va suv havzalari bo‘yicha tezkor kuzatuvlarni olib boradi.

Loyiha 2025-yil may oyida ishga tushirilgan bo‘lib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kosmik monitoring qurg‘oqchilikni oldindan aniqlash va uning oqibatlarini kamaytirishda muhim vosita bo‘ladi.

Bundan oldin qurg‘oqchilik Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston uchun eng zararli tabiiy ofat bo‘lib qolayotgani, shuningdek, O‘zbekiston mintaqada tabiiy ofatlar soni bo‘yicha birinchi uchlikka kirgani haqida yozgandik.