Vyetnam 2026-yilda Visit Vietnam milliy turizm ilovasini ishga tushiradi

eʼlon qilindi
2027-yilga kelib ilova to‘laqonli «super ilova»ga aylantiriladi
Vyetnam 2026-yilda Visit Vietnam milliy turizm ilovasini ishga tushiradi / Foto: Kursiv Media

Vyetnam 2026-yilda Visit Vietnam nomli milliy turizm ilovasini taqdim etadi. Bu haqda VN Express ma’lum qildi.

U bron qilish, sayohat ma’lumotlari, SI yordamchisi va blokcheyn asosida autentifikatsiya kabi funksiyalarni birlashtiradi. 2027-yilga kelib ilova to‘laqonli «super ilova»ga aylanishi rejalashtirilgan.

Ilova Sun Group tomonidan ishlab chiqiladi, ma’lumotlar esa Vyetnam Milliy turizm boshqarmasi, turizm kompaniyalari va sayohatchilar tomonidan taqdim etiladi.

2026-yilning ikkinchi choragida yuklab olish uchun taqdim etilishi kutilayotgan ilova foydalanuvchilarga sayohat marshrutlarini rejalashtirish, xizmatlarni bron qilish va ishonchli sharh tizimidan foydalanish imkonini beradi. Vyetnam uni 2027-yilgi APEC sammitida xalqaro miqyosda targ‘ib qilmoqchi.

Mutaxassislar fikricha, platforma turizm ma’lumotlarini yagona ekotizimga jamlab, xizmatlarni yanada shaffof, qulay va global bozorga integratsiyalashga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda gastroturizm uchun eaten.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

Shuningdek