Yandex Taksi’ga raqobatchilar kerak — Qozog‘iston Transport vazirligi

eʼlon qilindi
Xizmat narxini tartibga solish uchun
Yandex Taksi’ga raqobatchilar kerak — Qozog‘iston Transport vazirligi / Foto: Yandex Taksi

Qozog‘iston Transport vaziri Nurlan Sauranbayev Yandex Taksi xizmatidagi narxlarni tartibga solish uchun bozorda qo‘shimcha kompaniyalarni jalb qilish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Vlast nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Bolt kompaniyasi samokatlardan boshlab, keyinchalik taksi xizmatlariga kirib kelmoqda, InDrive esa «Yandex» bilan raqobatni boshladi.

Vazir narx siyosati vazirlik vakolatida emasligini va xavfsizlikni ta’minlash uchun sharoit yaratish bilan shug‘ullanayotganini aytdi. Shu bilan birga, Didi xizmati bozordan chiqib ketganini u yerda yuz millionlab dollar kerak bo‘lganiga bog‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Yandex Taksi’ga qarshi antimonopoliya tekshiruvlari o‘tkazilib, tariflarni oshirish va xizmatlarni majburlash bo‘yicha cheklovlar joriy etilgan. Shu bilan birga, foydalanuvchilar yomon ob-havo yoki soat cho‘qqilarida narxlar oshganini ijtimoiy tarmoqlarda bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda Cobalt avtomobili «Komfort» tarifidan chiqarilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek