Yangiliklar

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida mehmonxonalar majmuasi foydalanishga topshirildi

Majmuada 540 yangi ish o‘rni yaratildi
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida mehmonxonalar majmuasi foydalanishga topshirildi / Foto: President.uz

Toshkent shahrida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i hududida barpo etilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, 8 gektardan ziyod maydonda 12 ta 3 yulduzli mehmonxona, 375 o‘rinli konferensiya zali, 310 o‘rinli restoran, sog‘lomlashtirish markazi va ochiq sport maydoni tashkil etilgan.

Foto: President.uz

Mehmonxonalar xalqaro tajribaga ega kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Majmuada 540 yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 55 ming turistga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, hudud infratuzilmasi yaxshilangan, aholi farovonligi oshirilgan.

Foto: President.uz

Mirziyoyev xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yangi futbol markazi ochilgani haqida yozgan edik.