2028-yilgacha mehmonxona va turistik maskanlar qurishga 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi

eʼlon qilindi
Mahalliy mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari uchun $1 millionlik tanlov o‘tkaziladi
Oʻzbekistonda mehmonxona biznesini boshqarish dasturi ishga tushiriladi
Foto: Roman Fedotov/ Kursiv Uzbekistan

Respublikadagi barcha mahalliy mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari har bir turist uchun kuniga 62 ming so‘mgacha bo‘lgan turist yig‘imidan ozod etiladi. Bu haqda davlat rahbari yig‘ilishda ma’lum qildi.

Tadbirkorlar uchun yer imtiyozlari

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonga qariyb 7 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, 15 million aholi esa ichki turizm bo‘yicha safarga chiqdi. Kelgusi 3–4 yil ichida chet ellik sayyohlar oqimi kamida 15 millionga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu bois turizmni rivojlantirishning yangi dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, kelgusi uch yilda mehmonxonalar va turistik maskanlar qurish uchun jami 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi. Bunda yer sotib olish uchun tadbirkorlardan to‘lov undirilmaydi, davlat esa shu miqdorda loyiha ulushdori sifatida qatnashadi. Tadbirkorlar 10 yil ichida xohlasa bu ulushni qayta sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar tadbirkor yer qiymatini oldindan to‘lasa, unga 20 foiz chegirma beriladi.

Mehmonxona ochish uchun imtiyozli kreditlar

Shu bilan birga, mehmonxona qurish uchun viloyat markazlari va turizmga ixtisoslashgan 36 tumanda 30 milliard so‘mgacha, boshqa hududlarda esa 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Kredit muddati 7 yil bo‘lib, dastlabki 2 yili imtiyozli hisoblanadi.

Endi davlat obyektlari va xususiy binolarni sotib olib mehmonxonaga aylantirayotgan tadbirkorlar ham subsidiya olish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Toshkent shahri, viloyatlar markazlari va yirik turistik hududlardan tashqari joylardagi mehmonxonalar har bir turist uchun kuniga 62 ming so‘mgacha bo‘lgan turist yig‘imidan ozod etiladi.

Mukofot jamg‘armasi $1 millionlik tanlov

Amaldagi tartibga ko‘ra, oilaviy mehmon uylari bir kunda 10 nafardan ortiq turist qabul qila olmas edi. Prezident qaroriga muvofiq, bu cheklov ikki baravar oshirilib, endilikda ko‘proq sayyohlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Davlat rahbari shuningdek, mahalliy mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari o‘rtasida maxsus tanlov tashkil etishni taklif qildi. Mukofot jamg‘armasi $1 million bo‘lib, xalqaro platformalarda eng ko‘p ijobiy baho va sayyohlar e’tiborini qozongan maskanlar har yili taqdirlanadi.

Shu bilan birga, Chortoqning Qorabog‘ mahallasi, Farg‘onaning Chimyoni, Boysundagi Omonxona hamda Nuroboddagi Nurbuloq shaharlarida master-reja asosida yil davomida faoliyat yurituvchi 300–500 gektarlik yirik kurort zonalari tashkil etiladi.

Mazkur loyihalarning infratuzilmasi uchun $150 million mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.

Avvalroq «Kursiv» nashri har bir tarmoqning 10 tadan mahsulotiga «O‘zbekiston ramzi» belgisi berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek