Olti yil davomida yangilanib boradigan Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari ochiqlandi

20-avgust 2025 17:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi, Redmi va Poco
6 yil davomida qo‘llab-quvvatlanadigan Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari ochiqlandi / Foto: Prof’s.by

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangilanish siyosatini sezilarli darajada kengaytirdi. Endi faqat flagmanlar emas, balki o‘rta segmentdagi ayrim modellarga ham uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi. Lifehacker nashri ro‘yxatni e’lon qildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, gap yangi funksiyalar qo‘shilishida emas, balki xavfsizlik yangilanishlari haqida bormoqda. Bu esa qurilmaning himoyasini kuchaytirib, uning uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan modellarga 4 yil davomida operatsion tizim yangilanishlari ham taqdim etiladi.

Xiaomi hattoki Redmi Pad 2 modelini 7 yilgacha qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Bu esa Android olamida rekord bo‘lib, Samsung va Google’ning siyosatidan ham uzunroq muddatni o‘z ichiga oladi.

Ro‘yxat:

BrendModellar
XiaomiXiaomi 15, Xiaomi 15 Ultra, Xiaomi Pad 7, Xiaomi Pad 7 Pro
PocoPoco F7, Poco F7 Pro, Poco F7 Ultra
RedmiRedmi Note 14 (4G)

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi Note 15 Pro+ qattiq sinovlardan omon chiqqani haqida yozgan edi.

Smartfon Xiaomi Dragon Crystal flagman oynasi bilan himoyalangan. Bu texnologiya ilgari Xiaomi 14 seriyasida qo‘llangan edi. Orqa panel esa egilishga chidamli maxsus shishavolokondan yasalgan bo‘lib, qurilmani yengil va mustahkam qilgan. Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, model 10 baravar ko‘proq zarbaga bardosh bera oladi.

Rasmiy sinovlarda Note 15 Pro+ 2 metr balandlikdan granitga 50 marta tashlanganda ham butunligicha qolgan. Yangi Note 15 seriyasining taqdimoti 21-avgust kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shuningdek