Qamrovi kam bo‘lgan hududlarda bog‘cha ochganlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Qamrovi kam bo‘lgan hududlarda bog‘cha ochganlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha 18 foizlik imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, endi bog‘cha qamrovi 70–80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tuman tadbirkorlarga alohida imtiyozlar beriladi. Xususan, bu hududlardagi bo‘sh yer maydonlarida davlat bilan xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurishga ruxsat etiladi.
Tadbirkorlardan yer uchun 30 yil davomida ijara haqi olinmaydi, shuningdek davlat bog‘chalarida har bir bola uchun ajratiladigan xarajatning yarmi subsidiya qilinadi. Ularga yer tekinga ajratilib, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi. Tarbiyachilarning maoshi esa uch yilgacha davlat tomonidan qoplab beriladi.
Oxirgi sakkiz yil davomida xususiy bog‘chalar soni 31 mingtaga, maktablar esa 645 taga yetdi.
Avvalroq sakkiz yilda O‘zbekistonga $230 mlrd investitsiya kirib kelgani haqida yozgan edi.