Abituriyentlar 28-avgustgacha tibbiyot texnikumlarini tanlashi mumkin

eʼlon qilindi
Bakalavr kirish imtihonida to‘plagan ballari bilan
Abituriyentlar 28-avgustgacha tibbiyot texnikumlarini tanlashi mumkin / Foto: FJSTI

Abituriyentlar bakalavr kirish imtihonida to‘plagan ballari bilan tibbiyot texnikumlarini 28-avgustga qadar (shu kuni ham) tanlashlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Tibbiyot texnikumlariga qabul «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida amalga oshiriladi. Biologiya va kimyo fanlarini tanlagan abituriyentlar jami to‘plagan ballar asosida, boshqa fanlarni tanlaganlar esa majburiy fanlar bo‘yicha ballariga ko‘ra mutaxassisliklarni tanlash huquqiga ega.

Tibbiyotdan boshqa texnikumlar uchun qabul my.edu.uz platformasi orqali 10-sentabrgacha davom etadi va yozma imtihon asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, yakuniy natijalar tanlash jarayoni tugaganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq super-kontrakt narxi qanday hisoblanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek