Eng yaxshi kameraga ega hamyonbop Samsung smartfonlari

20-avgust 2025 12:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung smartfonlari
Foto: Digital Trends

Smartfon tanlashda ko‘pchilik uchun kamera sifati birinchi o‘rinda turadi. Bugun esa yaxshi surat olish uchun qimmat flagman talab qilinmaydi. Samsung o‘rta narxdagi telefonlarda ham kuchli kameralar taklif qiladi. Ayniqsa, O‘zbekistonda A34, A35, A36 va A54 modellariga qiziqish yuqori. Ushbu maqolada eng yaxshi kameraga ega hamyonbop Samsung smartfonlari haqida so‘z boradi.

Samsung Galaxy A54 5G

Foto: CNET

O‘rtacha narxda kuchli kameraga ega model. Asosiy kamerasi 50 MP keng burchakli sensor bilan jihozlangan. Unda OIS stabilizatsiyasi bor, bu esa tungi suratlarni tiniq olishga yordam beradi. Yana 12 MP ultrakeng va 5 MP makro linzalari mavjud. Old kamerasi 32 MP bo‘lib, yuqori aniqlikdagi selfilar olish imkonini beradi.

U ijtimoiy tarmoqlar uchun juda qulay. A54 5G O‘zbekistonda taxminan 3,2 mln so‘mdan sotilmoqda. Model 6.4 dyuymli Super AMOLED displeyga ega. 120 Hz yangilanish tezligi va Gorilla Glass himoyasi bilan ta’minlangan. Ichki qismida Exynos 1380 protsessori ishlaydi. 6 yoki 8 GB RAM hamda 128 yoki 256 GB xotira variantlari mavjud. 5000 mAs sig‘imli batareya 25W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Mobile Review

IP67 sertifikati esa suv va changdan himoya qiladi. Ushbu smartfon Samsung’ning rasmiy dilerlari orqali sotilmoqda va kafolat bilan taqdim etiladi. Narx va sifat muvozanati yuqori. Ayniqsa, OIS bilan jihozlangan 50 MP kamera bu segmentda kamdan-kam uchraydi.

Samsung Galaxy A35 5G

Foto: Joybox

Model o‘rtacha narxda kuchli kamerali smartfon sifatida ajralib turadi. Asosiy 50 MP linzasi OIS bilan jihozlangan, bu shamolda ham tiniq surat olish imkonini beradi. Unda yana 8 MP ultrakeng va 5 MP makro linzalari mavjud. LED chiroq qorong‘ida ham yaxshi tasvir beradi. Old kamerasi 13 MP bo‘lib, kunduzgi yorug‘likda sifatli selfilarni taqdim etadi.

O‘zbekistonda Galaxy A35 5G 8/128 GB versiyasi 4,2 mln so‘m atrofida sotilmoqda. 8/256 GB modeli esa taxminan 4,7 mln so‘mdan boshlanadi. Smartfon 6.6 dyuymli Super AMOLED displeyga ega, FullHD+ aniqlik va 120 Hz tezlikni taqdim etadi. Uning ichida Exynos 1380 protsessori ishlaydi.

Foto: CNET

6 yoki 8 GB RAM hamda 128/256 GB xotira variantlari mavjud. Batareyasi 5000 mAs bo‘lib, 25W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. IP67 himoyasi ham mavjud. Model A34’ga qaraganda kuchliroq va zamonaviyroq bo‘lib, kamerasi A54 darajasiga yaqin. Selfi kamerasi 13 MP bo‘lgani uchun A54 dan biroz pastroq natija beradi.

Samsung Galaxy A34 5G

Foto: Samsung

Bu arzonroq narxda yaxshi kamera taklif qiluvchi model hisoblanadi. Asosiy kamerasi 48 MP keng burchakli sensor bo‘lib, OIS bilan jihozlangan.OIS tufayli kechasi yoki harakatda ham aniq surat olish mumkin. Shuningdek, 8 MP ultrakeng va 5 MP makro linzalari mavjud. LED yoritgich ham qo‘shilgan.

Old kamerasi 13 MP bo‘lib, kunduzgi yorug‘likda sifatli selfilarni taqdim etadi. A34 5G 8/128 GB versiyasi O‘zbekistonda 4,5 mln so‘m atrofida sotilmoqda.

Smartfon 6.6 dyuymli Super AMOLED ekran va 120 Hz yangilanish tezligiga ega. Unda Mediatek Dimensity 1080 protsessori ishlaydi. 4, 6 yoki 8 GB RAM variantlari mavjud. Xotira 128 va 256 GB bo‘lishi mumkin, kengaytirish imkoniyati ham taqdim etilgan. Batareyasi 5000 mAs sig‘imga ega va 25W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. IP67 sertifikati tufayli suv va changdan ishonchli himoya mavjud.

Uning asosiy afzalligi 48 MP OIS kamerasi va pastroq narxidadir. A54 yoki A35 bilan solishtirganda kamera biroz oddiyroq, ammo narx-sifat muvozanati kuchli.

Samsung Galaxy A36 5G

Foto: Tech advisor

Ushbu model Samsung’ning eng yangi va zamonaviy o‘rta narxli modeli hisoblanadi. Asosiy 50 MP keng burchakli kamera OIS va PDAF bilan jihozlangan. LED yoritkich kechada ham tiniq surat beradi. Yana 8 MP ultrakeng va 5 MP makro linzalari mavjud. Ular turli rakurslarda sifatli kadrlar olish imkonini beradi. Old kamerasi 12 MP bo‘lib, piksellar soni kamroq, biroq kundalik selfilar uchun yetarli darajada sifat beradi. Narxi O‘zbekistonda taxminan 4,5–5 mln so‘m qilib belgilangan.

A36 5G eng arzon narx bilan 4,5 mln so‘mdan sotilmoqda. Smartfon 6.7 dyuymli Super AMOLED displeyga ega. FullHD+, HDR va 120 Hz tezligi bilan juda ravshan. Ekran yorqinligi 1900 nitsgacha chiqadi, bu ochiq havoda ham qulay foydalanish imkonini beradi. Ichki qismida Snapdragon 6 Gen3 chipi bor.

4 nm texnologiyasi bilan yaratilgan kuchli protsessor. U 6, 8 yoki 12 GB RAM va 128/256 GB xotira variantlarida taqdim etiladi. Batareya 5000 mAs sig‘imda bo‘lib, 45W tez quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. USB-C port, NFC va IP67 himoya standarti ham mavjud.

Qurilma Android 15 bilan chiqmoqda. Galaxy A36 O‘zbekistonda endigina paydo bo‘layotgan model. Rasmiy distribyutorlar orqali sotuvda.

Umumiy baho – A36 katta ekran, yangi chip va 50 MP OIS kamerasi bilan narxini oqlaydi. Biroq A54 va A35 ham xuddi shunday imkoniyatlarni biroz arzonroq taqdim etishi mumkin. Keng ekran va ilg‘or chip tufayli, ayniqsa multimedia foydalanuvchilari uchun qulay tanlovdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasidagi muammo tuzatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek