Yangiliklar

Jinoyatchilik yuqori bo‘lgan mahallalarda yangi tizim joriy etiladi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
IIV IIBB
Jinoyatchilik yuqori bo‘lgan mahallalarda yangi tizim joriy etiladi. Foto: IIBB axborot xizmati

Jinoyatchilik yuqori bo‘lgan mahallalarda yangi tizim joriy etiladi. Bunga doir prezidentning yangi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatish va ularni sun’iy intellektga ulangan dasturlar bilan boshqarish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, yil yakuniga qadar fuqarolarning mol-mulki texnik qo‘riqlash tizimi bilan 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulki esa 60 foizga himoyalanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qaror doirasida ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash ham kuchaytiriladi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yiladi va bakalavriat qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Bunga qadar prezident davlat idoralari faoliyatini faqat jinoyatlar kamaygani bilan emas, balki ularning oldi olingan holatlar soni bilan baholash kerakligini ta’kidlagandi.