Yangiliklar

Latviyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Latviyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi / Foto: DXX

Andijon viloyatidagi bir shaxs Latviyaga ishchi viza olib berish bahonasida to‘rt fuqarodan $10 ming talab qilgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu kabi holat Toshkent viloyatida ham qayd etildi. Angren shahrida yashovchi yigit uch fuqaroga viza rasmiylashtirib berish evaziga $8250 talab qilib, pulning bir qismini olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi asosida ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolar esa chet elga ishga ketishda faqat rasmiy agentliklar orqali murojaat qilishlari qat’iy tavsiya etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qariyb 80 kg giyohvandlik moddasi musodara qilingan edi.