
Hukumat qarori bilan «Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar» konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar tuman va shahar ichki ishlar organi rahbarlari hamda prokurorlarning xizmat xonalari bevosita mahallalarda tashkil etiladi. Ularning kundalik faoliyati ham shu yerda olib boriladi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi – mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz muhit yaratish va profilaktika choralarini kuchaytirishdir.
Bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Jamoat joylari, ko‘p qavatli uylar oldida «tashvish» tugmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, oila-turmushda nizolar keltirib chiqaradigan shaxslarning holidan muntazam ravishda xabar olinadi.
Mahallalarda «mahalla yettiligi» hamda «mahalla targ‘ibotchisi» jamoat guruhi orqali jinoyatlarning oldini olish va fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya markazi tashkil etilgani haqida yozgan edi.