Yangiliklar

Mozori Sharifda Alisher Navoiy haykali buzilishi yuzasidan izoh berildi

Haykal joylashgan hudud shoir xotirasiga munosib emasligi sababli yodgorlik buzilgan
Mozori Sharifda Alisher Navoiy haykali buzilishi yuzasidan izoh berildi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy haykalining olib tashlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumati bilan bog‘landi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, haykal joylashgan hudud shoir xotirasiga munosib emasligi sababli yodgorlik buzilgan.

Afg‘oniston tomoni bu ishlar Madaniyat vazirligi va jamoatchilik bilan kelishilmaganini qayd etib, holat yuzasidan taassuf bildirdi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy sharafiga yangi, ko‘rkam majmua qurilishi, hudud obodonlashtirilishi va maydonga buyuk mutafakkir nomi berilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish ishlari davom etayotgani haqida yozgan edik.