
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) natija» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari oliy ta’lim muassasalari ushbu natijalarni Bilimni baholash agentligiga taqdim etganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Bundan avval Kursiv Uzbekistan abituriyentlar uchun apellyatsiya jarayoni boshlangani haqida yozgandi.