O‘zbekiston MDH davlatlari orasida uran zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Umumjahon reytingida esa respublika to‘qqizinchi pog‘onada joylashgan
Уран в Узбекистане
O‘zbekiston – MDHda uran zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Foto: Alexandr Voronsky / Unsplash

O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi xabar berdi.

Umumjahon reytingida esa respublika 10-pog‘onada joylashgan. Mamlakatda uran qazib olish ekologik xavfsiz usulda – yerosti yuvish texnologiyasi orqali amalga oshirilmoqda. Bu usul atrof-muhit uchun nisbatan tejamkor hisoblanadi.

Video: Atom energiyasi agentligi

Bugungi kunda 23 ta kon foydalanilmoqda. Yana 10 ta obyektda geologik-qidiruv ishlari davom etmoqda. 2025-yilda uran qazib olish hajmi 4,2 ming tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda. 2030-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 7,2 ming tonnaga oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekiston ilk atom elektr stansiyasi uchun yoqilg‘ini 2029-yilda qabul qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek