
O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi xabar berdi.
Umumjahon reytingida esa respublika 10-pog‘onada joylashgan. Mamlakatda uran qazib olish ekologik xavfsiz usulda – yerosti yuvish texnologiyasi orqali amalga oshirilmoqda. Bu usul atrof-muhit uchun nisbatan tejamkor hisoblanadi.
Bugungi kunda 23 ta kon foydalanilmoqda. Yana 10 ta obyektda geologik-qidiruv ishlari davom etmoqda. 2025-yilda uran qazib olish hajmi 4,2 ming tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda. 2030-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 7,2 ming tonnaga oshirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston ilk atom elektr stansiyasi uchun yoqilg‘ini 2029-yilda qabul qilishi ma’lum bo‘lgandi.