O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Yuk tashish hajmi esa 50 foizga
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga oshdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mehmonlar orqali Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salom va ezgu tilaklari yetkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik, ko‘p qirrali hamkorlik va joriy yil fevral oyida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Turli darajadagi almashinuv va muloqotlar faollashgani qayd etildi: tovar ayirboshlash 23 foizga, yuk tashish 50 foizga oshdi, Karachi va Lahor shaharlarida savdo uylari ochildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paydi.

Shuningdek, harbiy-texnik soha hamkorligi va xavfsizlikka zamonaviy tahdidlar bilan kurashish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Transafg‘on temir yo‘lini qurish bo‘yicha uch tomonlama bitimni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek