O‘zbekiston viloyatlari reytingi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Baholash 57 ta indikator asosida amalga oshirildi
O‘zbekiston viloyatlari reytingi e’lon qilindi / Foto: Strategy

Progressiv islohotlar markazi ilk bor O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini taqdim etdi. Bu haqda markaz rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari yetakchi uchlikka kirdi. Toshkent shahri 7 yo‘nalishdan 5 tasida birinchi o‘rinni egallab, umumiy reytingda peshqadam bo‘ldi.

Reyting oxirgi qismida Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari qayd etildi. Xususan, Jizzax viloyati ta’lim yo‘nalishida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Baholash 57 ta indikator asosida amalga oshirilib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot, infratuzilma, imkoniyatlar, jinoyatchilik va tabiiy muhit kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahri ko‘plab sohalarda yetakchilik qilsa-da, Surxondaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida hali yechim talab etuvchi muammolar saqlanib qolmoqda. Mutaxassislar fikricha, mazkur reyting har bir hududning ichki imkoniyatlarini ochib beruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingi e’lon qilingan edi.

Shuningdek