O‘zbekistonda viloyatlar reytingi, yangi soliq imtiyozlari, biznesni tezkor boshlash imkoniyati va yirik sarmoyalar — 20-avgust kungi muhim xabarlar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
20-avgust kungi muhim xabarlar dayjesti / Foto: Sun’iy intellekt
O‘zbekiston viloyatlari reytingi
Foto: Strategy

O‘zbekiston viloyatlari reytingi e’lon qilindi

Progressiv islohotlar markazi ilk bor O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini taqdim etdi.

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari yetakchi uchlikka kirdi. Toshkent shahri 7 yo‘nalishdan 5 tasida birinchi o‘rinni egallab, umumiy reytingda peshqadam bo‘ldi. Reyting oxirgi qismida Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari qayd etildi. Xususan, Jizzax viloyati ta’lim yo‘nalishida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Mask va Tramp
Foto: IRIS

Ilon Mask yangi siyosiy partiya tuzish rejasini vaqtincha to‘xtatdi

Ilon Mask o‘zining yangi siyosiy partiya tuzish bo‘yicha rejasini kechiktirdi. Wall Street Journal’ning yozishicha, u hozircha barcha e’tiborini biznes loyihalariga qaratishni ma’qul ko‘rmoqda.

Mask iyul oyida Donald Tramp bilan soliq imtiyozlari va davlat xarajatlari borasida yuzaga kelgan keskin bahs ortidan «America Party» nomli siyosiy kuchni tashkil etishni e’lon qilgan edi. Ammo so‘nggi haftalarda u AQSh vitse-prezidenti JD Vance bilan munosabatlarini saqlashga ko‘proq ahamiyat berayotgani aytilmoqda.

Foto: ijtimoiy tarmoq

2026-yildan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili ishga tushadi

2026-yildan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili ishga tushadi. Bu haqda prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Mazkur tamoyil orqali tadbirkor ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda elektron raqamli imzo, bank hisob raqami, ijara shartnomasi va soliq organida ro‘yxatdan o‘tgan kassa apparatini birdaniga olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu tariqa bir haftalik jarayon 15 daqiqagacha qisqaradi.

Foto: ijtimoiy tarmoq

QQSga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi

Qo‘shilgan qiymat solig‘iga (QQS) o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

QQS stavkasi 12 foizga tushirilgani tufayli bu soliq rejimiga o‘tayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Shu sabab QQSga o‘tayotgan korxonalarga qo‘shimcha yengilliklar beriladi

Foto: Traffic news

Kelgusi yildan tadbirkorlarga kredit olish yanada osonlashadi

Kelgusi yildan muqobil skoring modeli ishga tushib, kredit berish shartlari yanada osonlashtiriladi. Bu haqda davlat rahbari tadbirkorlar bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Prezident hozirda kredit tarixi «o‘rtacha», lekin ozgina ko‘mak berilsa, tez o‘sish imkoniga ega yana 500 ming mijoz borligini ta’kidladi. Shu sabab endi skoring tizimi soliq va kommunal to‘lovlar, rasmiy aylanma va eksport operatsiyalarini ham inobatga oladi.

Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

Qamrovi kam bo‘lgan hududlarda bog‘cha ochganlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Qamrovi kam bo‘lgan hududlarda bog‘cha ochganlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha 18 foizlik imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, endi bog‘cha qamrovi 70–80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tuman tadbirkorlarga alohida imtiyozlar beriladi. Xususan, bu hududlardagi bo‘sh yer maydonlarida davlat bilan xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurishga ruxsat etiladi.

Foto: ijtimoiy tarmoq

Kelgusi yildan boshlab davlat aktivlari besh yil muddatga ijaraga beriladi

Kelgusi yildan boshlab davlat aktivlari besh yil muddatga ijaraga beriladi. Bu haqda davlat rahbari yig‘ilishda ma’lum qildi.

Shartnoma faqat ijara oluvchi istasa yoki majburiyatlarini bajarmasa bekor qilinadi. Shuningdek, endi davlat obyektlari va yer maydonlari uchun yillik ijara narxi inflyatsiya darajasidan ortiq oshirilmaydi.

Aerport
Foto: Dubai Properties News & Blogs

Yaponiya kompaniyasi Toshkentda yangi aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritadi

Sojitz Corporation prezidenti Kosuke Uemura «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida kompaniya Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyiha hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 2024-yil iyulida Sojitz Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan, yaqinda esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan energetika, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni qamrab oluvchi «Yo‘l xaritasi»ni imzolagan.

Foto: Turism

Uch davlatni birlashtirgan yangi turistik yo‘lak ochildi

Prezident farmoni asosida Turkmaniston — Xorazm — Qoraqalpog‘iston — Qozog‘iston yo‘nalishi bo‘ylab turistik yo‘lak-halqa ishlab chiqildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Yo‘nalishda gastronomik, ekoturizm, etnoturizm va ziyorat turizmi kabi yo‘nalishlar birlashtirilgan. Bundan tashqari, marshrut doirasida 15 dan ortiq tarixiy va madaniy obyektlar qamrab olingan. Masalan, Turkmanistonda — Qadimgi Marv shahri va Darvoza krateri, Xorazmda — Ichan qal’a, Qoraqalpog‘istonda — Savitskiy muzeyi va qadimiy qal’alar, Qozog‘istonda esa Torish vodiysi hamda Shaqpaq Ota maqbarasi joy olgan.

Mahallalarda huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi
Foto: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti

Mahallalarda huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan «Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar» konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar tuman va shahar ichki ishlar organi rahbarlari hamda prokurorlarning xizmat xonalari bevosita mahallalarda tashkil etiladi. Ularning kundalik faoliyati ham shu yerda olib boriladi.

Foto: Mecalux UK

Rossiyada O‘zbekiston uchun yangi logistika markazi ochilishi mumkin

Rossiyaning Xakasiya respublikasida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini qabul qiladigan yirik transport-logistika markaz tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Xakasiya hukumati raisi Mixail Pobizakovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bugungi kunda Xakasiya bilan savdoda MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turibdi. Joriy yilning olti oyi davomida o‘zaro savdo hajmi $22 millionni tashkil qilgan.

Volkswagen
Foto: Carcoops

Volkswagen yangi T-Roc avtomobilini taqdim etadi

Volkswagen sentabr oyida Myunxen avtosalonida yangi Volkswagen T-Roc modelini taqdim etadi. Kompaniya avtomobilning ilk rasmiy tizerini chiqardi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Foto: UFA

«Bashakshehir» Fayzullayev uchun «SSKA»ga transfer to‘lovini o‘tkazdi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev rasmiy ravishda Moskvaning «SSKA» klubidan Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» jamoasiga o‘tdi. «SSKA» direktori Kirill Breydo futbolchi transferi uchun to‘lov klub hisobiga tushganini ma’lum qildi.

Shuningdek