Rossiyada O‘zbekiston uchun yangi logistika markazi ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
Xakasiya respublikasida
Rossiyada O‘zbekiston uchun yangi logistika markazi ochilishi mumkin. Foto: Mecalux UK

Rossiyaning Xakasiya respublikasida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini qabul qiladigan yirik transport-logistika markaz tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Xakasiya hukumati raisi Mixail Pobizakovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bugungi kunda Xakasiya bilan savdoda MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turibdi. Joriy yilning olti oyi davomida o‘zaro savdo hajmi $22 millionni tashkil qilgan.

O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov O‘zbekistondan Xakasiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘proq yetkazib berish, Xakasiyadan esa chorva mollarini olib kelish bo‘yicha takliflar berdi. Rossiya tomoni esa kuniga 30 – 40 yuk mashinasini qabul qila oladigan logistika markazi qurilishi g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari ham muhokama qilindi. Xakasiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Vladimir Sorokinning so‘zlariga ko‘ra, hududda O‘zbekistondan ishchi kuchiga talab katta.

Tomonlar shu yil kuzda Xakasiya tadbirkorlarining O‘zbekistonga va Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xakasiyaga biznes-missiyalarini tashkillashtirishga kelishib oldi.

Bundan oldin Toshkentda go‘sht va jonli qoramol importyorlari uyushmasi tashkil etilishi haqida yozgandik.

Shuningdek