Turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi — prezident

eʼlon qilindi
Kelgusi 3–4 yilda xorijiy turistlar oqimini 15 millionga yetkazish rejalashtirilmoqda
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi. Foto: OrexCA

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi

Ma’lum qilinishicha, yil boshidan beri yetti million xorijiy sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurdi, 15 million aholi ichki sayohatga chiqdi. Kelgusi 3–4-yilda xorijiy turistlar oqimi yiliga kamida 15 millionga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi.

Bundan tashqari, joriy yil hududlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun 1,7 trillion so‘m ajratildi. Kelgusi yilda bu mablag‘ 25 foizga oshib, 2,1 trillion so‘mga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Poytaxtda tadbirkorlar soni ortib borayotgani bois elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana ikki trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlarning xarajatlari foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi.

Bundan oldin prezident har bir tarmoqning 10 tadan mahsulotiga «O‘zbekiston ramzi» sifat belgisi berilishini ma’lum qilgandi.

Shuningdek