Uch davlatni birlashtirgan yangi turistik yo‘lak ochildi

eʼlon qilindi
«Turkmaniston – Xorazm – Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston» yo‘nalishida
Uch davlatni birlashtirgan yangi turistik yo‘lak ochildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Prezident farmoni asosida Turkmaniston — Xorazm — Qoraqalpog‘iston — Qozog‘iston yo‘nalishi bo‘ylab turistik yo‘lak-halqa ishlab chiqildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Yo‘nalishda gastronomik, ekoturizm, etnoturizm va ziyorat turizmi kabi yo‘nalishlar birlashtirilgan. Bundan tashqari, marshrut doirasida 15 dan ortiq tarixiy va madaniy obyektlar qamrab olingan. Masalan, Turkmanistonda — Qadimgi Marv shahri va Darvoza krateri, Xorazmda — Ichan qal’a, Qoraqalpog‘istonda — Savitskiy muzeyi va qadimiy qal’alar, Qozog‘istonda esa Torish vodiysi hamda Shaqpaq Ota maqbarasi joy olgan.

Rasm: Turizm qo‘mitasi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi turistik halqa nafaqat sayohat ixlosmandlari, balki tarix, madaniyat va tabiatni qadrlaydiganlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otadi. Sayyohlar bu yo‘nalishda mustaqil yoki turistik guruh tarkibida sayohat qilishi mumkin.

Bundan oldin O‘zbekistonda gastroturizm uchun eaten.uz platformasi ishga tushgandi.

Shuningdek