
Volkswagen sentabr oyida Myunxen avtosalonida yangi Volkswagen T-Roc modelini taqdim etadi. Kompaniya avtomobilning ilk rasmiy tizerini chiqardi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.
Unda qora prototip sariq yozuvlar bilan qoplangan holda ko‘rsatilgan. Avtomobilning old va orqa qismi to‘liq yangilangan. T-Roc Yevropada eng ko‘p sotiladigan modellar qatorida turadi va Volkswagen Golf, Renault Clio hamda Dacia Sandero bilan raqobatlashadi. Shu sababli kompaniya xaridorlarga kengroq tanlov taklif qilmoqchi. Model tarixida birinchi marta yangi gibrid tizim qo‘llanadi. Uning afzalligi shundaki, benzin dvigateli va elektromotor g‘ildiraklarni birgalikda yoki alohida aylantira oladi. Elektromotor orqa o‘qqa joylashtirilgani sababli mashina avtomatik tarzda to‘liq uzatmali bo‘ladi.

Volkswagen bosh direktori Tomas Sheferning aytishicha, gibrid tizimlarga Janubiy Amerika va Xitoyda katta talab bor. AQSh va Yevropada ham qiziqish ortmoqda. Ayniqsa, Yevropada benzin narxlarining yuqoriligi bunday texnologiyalarni ommabop qilmoqda. Yangi tizim keyingi yillarda Golf va Tiguan modellarida ham qo‘llanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yangi Volkswagen Passat taqdim etilgani haqida yozgan edi.