Yaponiya kompaniyasi Toshkentda yangi aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi
Bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotni qabul qila oladi
Aerport
Yaponiyaning Sojitz kompaniyasi Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritadi / Foto: Dubai Properties News & Blogs

Sojitz Corporation prezidenti Kosuke Uemura «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida kompaniya Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyiha hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 2024-yil iyulida Sojitz Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan, yaqinda esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan energetika, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni qamrab oluvchi yo‘l xaritasini imzolagan.

«Mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish investitsiyaga muhit yaratadi. Biz O‘zbekistonning ulkan salohiyatiga ishonamiz va asosiy maqsadimiz mamlakatning rivojlanishiga hissa qo‘shish», — deya qayd etgan Kosuke Uemura.

Prezidentning 1-avgustdagi qaroriga binoan, yangi aeroport qurilishi boshlangan. Birinchi bosqichda u yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘ra oladi. Bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotni qabul qila oladi va soatiga 40 dan ortiq parvozni ta’minlaydi.

Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayevga ko‘ra, loyihada jarayonlar raqamlashtiriladi va eng zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek