O‘zbeklarni haqorat qilgan tiktoker, Isroilning G‘azodagi operatsiyasi — 21-avgustda sodir bo‘lgan muhim voqealar

eʼlon qilindi
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker uch yilga qamaldi
Foto: Uzbekistan Travel

Kursiv Uzbekistan 21-avgustda sodir bo‘lgan voqealarni bitta maqolaga joyladi.

O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker uch yilga qamaldi

Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda «Abdulloh» nomi bilan tanilgan tiktoker Yugay Valeriy qamoqqa olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Batafsil

Isroil G‘azo shahrida harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qildi

Isroil armiyasi 20-avgust kuni G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operatsiyaning dastlabki bosqichlari boshlanganini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Buxoroga 12 ta yangi Yutong avtobuslari olib kelindi

Buxoroga 12 ta yangi Yutong avtobuslari olib kelindi
Buxoroga 12 ta yangi Yutong avtobuslari olib kelindi / Foto: Transport vazirligi

Buxoro viloyatida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Xitoydan 12 dona Yutong avtobuslari olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Batafsil

Yangi Chevrolet Onix Hyundai platformasida ishlab chiqiladi

Yangilangan Chevrolet Onix avtomobili keyingi avlodi Janubiy Koreyaning budjet xetchbeki Hyundai HB20 bilan bir xil platformada ishlab chiqiladi. Bu haqda Daily Motor nashri xabar bermoqda.

Batafsil

Xitoy 2030-yilgacha yadro kallaklari sonini mingtadan oshirishni rejalashtirmoqda

Xitoy o‘zining harbiy salohiyatini kuchaytirish bilan birga yadro qurollarini ham tezkorlik bilan kengaytirayotgani haqida AQSh harbiylari va ekspertlar ogohlantirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida diplomatik pasport egalariga viza talabi bekor qilindi

O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida diplomatik pasport egalariga viza talabi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ma’lum qildi.

Batafsil

8,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 8,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilish holatlarini aniqladi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Batafsil

Portugaliyalik mutaxassis Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Паулу Бенту
Foto: Sports.ru

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod sifatida Portugaliya terma jamoasi sobiq ustozi Paulu Bentu koʻrilmoqda. Bu haqda Championat.asia xabar berdi.

Batafsil

Xitoydagi eng xavfsiz avtomobil aniqlandi

Xitoyda avtomobillar orasida C-NCAP xavfsizlik va avariya testi o‘tkazildi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Batafsil

Navoiy viloyatidagi oltin koni qariyb 100 milliard so‘mga sotildi

Navoiy viloyatida joylashgan Pirali oltin koni 99 milliard so‘mga sotildi. E-auksion saytida onlayn auksion yakunlangani ma’lum qilindi.

Batafsil

Noyob dizaynga ega 5 ta smartfon — foto

Yangi taqdim etilayotgan smartfonlar ko‘rinishi jihatdan bir biriga o‘xshashi mumkin. Shunday modellar borki, o‘zining noodatiy dizayni va tashqi ko‘rinishi bilan xaridorlarning diqqatini tortadi. Palach nashrining maqolasida 5 ta qiziqarli dizaynga ega smartfonlar haqida so‘z boradi.

Batafsil

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yetti oyda 20 foizga oshdi

2025-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $44,4 milliardni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,9 foizga oshgan.

Batafsil

Hindiston «Agni-5» raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Hindiston yadro kallagini olib yurishga qodir «Agni-5» ballistik raketasini sharqiy Odisha shtatida sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Shuningdek