
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 4,3 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga chiqqan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 954,4 ming kishiga yoki 28,2 foizga ko‘pdir.
Eng ko‘p borilgan davlatlar qatorida qo‘shni mamlakatlar yetakchilik qildi:
- Qirg‘iziston — 1,9 mln kishi;
- Qozog‘iston — 799,4 ming kishi;
- Tojikiston — 754,1 ming kishi.
Shuningdek, Rossiyaga 274,3 ming, Saudiya Arabistoniga 151,7 ming, Turkiyaga 141,7 ming fuqaro safar qilgan.
Bundan tashqari, BAAga 82,5 ming, Misrga 38 ming, Vyetnamga 22,7 ming va Xitoyga 20,4 ming o‘zbekistonlik turist borgan. Qolgan davlatlarga jami 132,3 ming kishi safar qilgan.
Avvalroq 2028-yilgacha mehmonxona va turistik maskanlar qurishga 5 ming gektar yer auksionga chiqarilishi haqida yozgan edi.