8,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridi bekor qilindi

eʼlon qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasiga asosan
Davlat xaridi
8,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridi bekor qilindi. Foto: Kursiv Uzbekistan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 8,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilish holatlarini aniqladi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Mazkur xarid Buxoro tibbiyot instituti buyurtmasi asosida «aqlli issiqxona qurish xizmati» bo‘yicha o‘tkazilgan. Tekshiruvda tanlov shartlari raqobatni cheklagani, takliflar to‘liq va xolis baholanmagani hamda jarayonda qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Agentlik taqdimnomasiga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi qarori bekor qilindi va noqonuniy xaridning oldi olindi.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Bundan oldin UzAuto Motors yong‘in va xavfsizlik tizimlariga xizmat ko‘rsatishdagi davlat xaridi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirgandi.

Shuningdek