Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirmoqda

eʼlon qilindi
Bu orqali kompaniya Xitoyga qaramlikni kamaytirishni maqsad qilgan
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirmoqda / Foto: Gstore

Apple kompaniyasi AQSh bozoriga mo‘ljallangan yangi iPhone modellarini endilikda Hindistondagi beshta zavodda, jumladan yaqinda ishga tushgan korxonalarda ishlab chiqarmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelasi oy taqdim etilishi rejalashtirilgan iPhone 17’ning barcha modellari ilk bor Hindistonda ishlab chiqariladi. Tata Group’ga qarashli zavodlar ikki yil ichida mamlakatdagi iPhone ishlab chiqarish hajmining yarmigacha ulushini ta’minlashi kutilmoqda.

Shuningdek, Apple Hindistondan AQShga eksport hajmini sezilarli darajada oshirdi: joriy yil aprel – iyul oylarida $7,5 mlrd iPhone tashib chiqarilgan. Kompaniya yaqin kelajakda iPhone 18 ishlab chiqarishni ham Hindistonda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noyob dizaynga ega beshta smartfon haqida yozgan edi.

Shuningdek