
Buxoro viloyatida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Xitoydan 12 dona Yutong avtobuslari olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur avtobuslar «Miramax turist trans» MChJ tomonidan xarid qilingan bo‘lib, tez orada shahar yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Hozirda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda jami 72 ta avtobus aholiga muntazam xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi avtobuslar qo‘shimcha qulaylik yaratib, yo‘lovchi tashish tizimini yanada takomillashtirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy jamoat transporti yana 42 ta yangi avtobus bilan boyitilgan edi.