Chevrolet Equinox 2026 elektromobilining narxlari e’lon qilindi

21-avgust 2025 13:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Equinox elektromobili
Chevrolet Equinox elektromobili / Foto: GMAutority

GM’ning Shimoliy Amerikadagi eng arzon elektromobili hisoblangan Chevrolet Equinox 2026 yangilanishdan so‘ng qimmatroq narxda sotiladi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

2026-yilgi krossover bir qator yangiliklarga ega, jumladan, Midnight Package va Polar White Tricoat rang variantida taqdim etiladi.

Foto: GMAutority

Boshlang‘ich narx $36,4 ming etib belgilangan. LT 2 versiyasi $43,2 mingdan, RS modeli esa $45,5 mingdan boshlanadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda $1,5 mingga ko‘proq.

Dual Level Charge Cord endi barcha GM elektromobillarida standart bo‘lib, narx oshishiga sabab bo‘lgan omillardan biri. Shuningdek, 2027-yilda arzonroq bo‘lishi kutilayotgan yangi Chevrolet Bolt ham bozorda Equinox EV’ning o‘rnini qisqartirishi mumkin.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

RS komplektatsiyasida qora tom yopmasi endi standart bo‘lib qoldi. 2025-yilda esa bu qo‘shimcha $495 turardi.

2026-yilgi Chevrolet Equinox EV ishlab chiqarilishi 2025-yil 4-avgustda Meksikadagi Ramos Arizpe zavodida boshlandi. Dilerlar buyurtmalarni may oyidan qabul qila boshlashgan.

Narxlar:

Trim LevelHarakatlanish tizimiNarx
LT 1FWD$36,4 ming
LT 1AWD$41,7 ming
LT 2FWD$43,2 ming
LT 2AWD$46,5 ming
RSFWD$45,5 ming
RSAWD$48,8 ming

Ma’lumot o‘rnida, Chevrolet Equinox elektromobili — General Motors kompaniyasining zamonaviy elektr krossoveri bo‘lib, u qulaylik, texnologiya va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Mashina bitta zaryad bilan 500 kilometrgacha masofa bosib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda. Ichki salonda katta sensorli ekran, yangi multimedia tizimi va haydovchi yordamchi funksiyalari mavjud.

Equinox EV asosan oilaviy foydalanish va shahar hamda shahar tashqarisidagi sayohatlar uchun qulay variant sifatida targ‘ib qilinmoqda. Shu bilan birga, Chevrolet uni nisbatan arzonroq elektr krossoverlardan biri sifatida bozorga olib chiqmoqda. Bu uni kengroq mijozlar uchun jozibador qiladi.

Avvalroq «Chevrolet Tracker avtomobili haqida qiziqarli 5 ta fakt» nomli maqola va Chevrolet Onix Hyundai platformasida ishlab chiqilishi haqida xabar e’lon qilgan edik.

Shuningdek