Yangiliklar

Hindiston «Agni-5» raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Modining ShHT sammiti uchun Xitoyga tashrifi arafasida
Hindiston «Agni-5» raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi / Foto: Getty Images

Hindiston yadro kallagini olib yurishga qodir «Agni-5» ballistik raketasini sharqiy Odisha shtatida sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, raketa 5 ming kilometrdan ortiq masofaga uchishi mumkin bo‘lib, Xitoy va Pokistonni ham qamrab oladi.

Sinov bosh vazir Narendra Modining Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrifi arafasida o‘tkazildi. So‘nggi paytlarda Hindiston va Xitoy o‘rtasida savdo qatnovlari va diniy ziyoratlar tiklana boshlagan bo‘lsa-da, yadro sohasidagi raqobat davom etmoqda.

Mutaxassislar Hindistonning bu qadamini Xitoyning tez kengayayotgan yadroviy arsenaliga javob sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy 2030-yilgacha yadro kallaklari sonini mingtadan oshirishi haqida yozgan edik.