Milliy sertifikat imtihonlari sanalari ma’lum qilindi
eʼlon qilindi
Imtihon narxi 560 200 so‘m

Umumta’lim fanlaridan bilim darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari 2025-yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Oktabr va noyabr oyidagi imtihonlar uchun ro‘yxatga olish 20-avgustdan, dekabrdagi imtihon uchun esa 10-noyabrdan boshlanadi.
Oy | Ro‘yxatga olish muddati | To‘lov muddati | Test sanalari | Fanlar | Natija e’lon qilish |
---|---|---|---|---|---|
Sentabr | 12-sentabrgacha | 13-sentabrgacha | 4–5-oktabr | Matematika, kimyo, geografiya | 3-noyabr |
Oktabr | 10-oktabrgacha | 11-oktabrgacha | 1–2-noyabr | Ona tili va adabiyot (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) | 1-dekabr |
Noyabr–Dekabr | 7-noyabrgacha | 8-noyabrgacha | 29–30-noyabr | Biologiya, fizika, tarix | 30-dekabr |
Dekabr | 5-dekabrgacha | 6-dekabrgacha | 27–28-dekabr | Matematika, kimyo, geografiya | 2026-yil 28-yanvar |
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu yerda qatnashishlari mumkin. Imtihon uchun to‘lov miqdori 556 200 so‘mni (1,5 baravar BHMning 90 foizi) tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qishni ko‘chirish testining ikkinchi kun natijalari e’lon qilingan edi.