Namanganda ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi ochildi

eʼlon qilindi
Markaz viloyatda kasbiy ta’limni rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi
Namanganda ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi ochildi. Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Namangan shahrida Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi (CoVE) ish boshladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Tantanali ochilish marosimida Yevropa Ittifoqi, YuNESKO, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mahalliy hokimlik vakillari qatnashdi. Dastlab ramziy tasma kesildi, so‘ngra mehmonlar ta’mirlangan binolar, o‘qituvchilar uchun yangi xonalar va jihozlar bilan tanishdi.

Tadbirda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari va loyiha rahbarlari markazning maqsadlari hamda kutilayotgan natijalar haqida gapirib o‘tdi. Markaz direktori Shahnoza Mamajonova esa 2026-yilgacha rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Yangi markaz viloyatda kasbiy ta’limni rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Bundan oldin Samarqandda Pedagogika mahorati markazi ochilgandi.

Shuningdek