O‘qishni ko‘chirish testining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Natijalarni my.uzbmb.uz saytidan bilib olish mumkin
O‘qishni ko‘chirish testining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi / Foto: Bilim va malakani baholash agentligi

19-avgust kuni xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakani baholash agentligi ma’lum qildi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining maxsus bo‘limidan pasport seriyasi, raqami va shaxsiy identifikatsiya raqami orqali bilib olishlari mumkin.

Shuningdek, mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari tegishli OTMlar ma’lumotlarni Bilimni baholash agentligiga taqdim etgach e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilingan edi.

Shuningdek