
O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida diplomatik pasport egalariga viza talabi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ma’lum qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahrayn poytaxti Manamaga rasmiy tashrifi doirasida Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo, investitsiyalar va tajriba almashuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Bahrayn diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Bundan avval o‘zbekistonliklar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar e’lon qilingandi.