O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
“Raqamli sud” konsepsiyasi ham taqdim etildi
O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev sud tizimini takomillashtirish va odil sudlovni ta’minlashga oid yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda sudlar jazolovchi organdan inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga aylantirildi. Ma’muriy sudlar tashkil etildi, oilaviy masalalar uchun maxsus sudyalar korpusi yaratildi, investitsion nizolar bo‘yicha alohida tarkib joriy etildi.

Taqdimotda «Raqamli sud» konsepsiyasi taqdim qilinib, korrupsiyani kamaytirish, sud ishlarini tezlashtirish va fuqarolar uchun qulayliklar yaratish yo‘llari belgilandi. Shuningdek, sudyalik lavozimining barqarorligi, mintaqaviy taftish sudlarini tashkil etish hamda Odil sudlov akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkentda 60 dan ortiq davlat idoralari uchun binolar qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek