O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam oladi

eʼlon qilindi
Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan
Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi / Foto: Leaplease

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida 3 kun, 6 kunlik ish haftasida esa 2 kun dam oladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

1-sentyabr — Mustaqillik kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabrda 3 kun dam oladi. 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 31-avgust va 1-sentyabr kunlari dam olishadi.

Ish haftasi turiDam olish kunlariUmumiy dam olish kunlari soni
5 kunlik ish haftasi30-avgust, 31-avgust, 1-sentyabr3 kun
6 kunlik ish haftasi31-avgust, 1-sentyabr2 kun

Ma’lumot uchun, bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq otalar ham farzand tug‘ilganda haq to‘lanadigan ta’til olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek