
O‘zbekistonning Lixtenshteyn knyazligidagi birinchi elchisi Dilshod Axatov Valiahd shahzoda Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Shahzoda tarixda ilk bor mazkur mamlakatda O‘zbekiston elchisining tayinlanganini alohida e’tirof etdi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2024-yil mart oyida o‘rnatilgan bo‘lib, bu Lixtenshteyn va O‘zbekiston hamkorligini kengaytirish uchun muhim asos bo‘lgani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Dilshod Axatov 2023-yil oktabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi sifatida ham ishonch yorliqlarini topshirgan va hozirda Shveysariya hamda Chexiyada ham elchi vazifasini bajaradi.
Bundan oldin prezident Fransiya elchisini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagandi.