
Samsung kompaniyasi yangi rekord o‘rnatishga tayyorlanmoqda. Samsung Galaxy S26 seriyasi o‘zidan oldingi modellardan ham yupqaroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Dgl.ru nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha Galaxy S26 modellari Galaxy S25 seriyasidan yupqaroq bo‘ladi. Bu nafaqat ko‘rinishga, balki qurilmani ushlash qulayligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Samsung, shu bilan birga, batareya sig‘imini ham oshirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, kompaniya kremniy-uglerod texnologiyasidan foydalanishi mumkin. Bu esa 7000 mA·soat quvvatga ega akkumulyatorni yupqa korpusga joylashtirish imkonini beradi.
Galaxy S26 Ultra ham avvalgi modeldan yengilroq va yupqaroq bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Ammo batareya sig‘imi borasida qarama-qarshi ma’lumotlar mavjud.
Shuningdek, kompaniya nomlash tizimida ham o‘zgarishlar qilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Pro modeli taqdim etilib, Galaxy S26 Plus modeli savdodan olib tashlanishi ehtimoldan xoli emas. Hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan, ammo Samsung yangi S26 liniyasi bilan bozorda sezilarli yangilik qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi kameraga ega hamyonbop Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.
Unda Samsung Galaxy A54 5G, Samsung Galaxy A35 5G, Samsung Galaxy A34 5G, Samsung Galaxy A36 5G smartfonlari haqida so‘z boradi. Maqola $400 gacha qiymatga modellarni o‘rganadi.
Avvalroq Google Pixel 10 uch kamerali tizim bilan taqdim etilgani haqida yozgan edik. Pixel 10 3 nm Tensor G5 protsessori asosida ishlaydi, xavfsizlik uchun esa Titan M2 chipi qo‘shilgan. Displey 6,3 dyuym OLED, 120 Hz, Full HD+ aniqlikda. Yorqinligi oshirilgan, ekran Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan.