Yangiliklar

Tadbirkorlar bilan uchrashuvda qaysi so‘zlar ko‘p ishlatildi — tahlil

Nutq 4 241 so‘zdan iborat bo‘ldi
Foto: Prezident matbuot xizmati

20-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar o‘tkazgan ochiq muloqotida «tadbirkor» so‘zini 107 marta takrorladi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillarida ma‘lum qilindi.

Tahlil jarayonida aniqlanishicha, nutq 4 241 so‘zdan iborat bo‘lib, eng ko‘p takrorlangan atamalar orasida «tadbirkor» (107 marta), «biznes» (34 marta), «korxona» (29 marta), «soliq» (21 marta) so‘zlari yetakchilik qildi.

Foto: ITIM

Shuningdek, «investitsiya», «loyiha», «kredit» kabi so‘zlar 15 martadan ishlatilgan, «startup» va «bank» so‘zlari esa 13 martadan uchradi. «Eksport» tushunchasi ham 12 marta tilga olindi.

Prezidentning chiqishida «bosh kuch – bu tadbirkorlar», «yakka tartibdagi tadbirkor» kabi iboralar bir necha bor takrorlangan. «Biznes vakillari», «ochiq muloqot», «imtiyozli kredit» kabi iboralarga ham alohida urg‘u berilgan.

Bundan tashqari, «yosh tadbirkor», «moliyaviy xizmatlar», «aylanma mablag‘» kabi tushunchalar ham muntazam ishlatilgani kuzatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyevni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatish taklif qilingani haqida yozgandi.