Uzbekistan Airways shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqqani haqidagi xabarlarni rad etdi

eʼlon qilindi
Kompaniyaga ko‘ra, OAVdagi ma’lumotlar sababli xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan
samoliyot
Foto: UzAirways

Uzbekistan Airways ayrim OAV va onlayn-resurslarda go‘yoki kompaniya ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar sizib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish yoki yo‘lovchi hamda xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilinganiga oid birorta ham tasdiqlangan holat qayd etilmagan. Barcha infratuzilma odatdagi tartibda ishlamoqda.

Shuningdek, ayrim nashrlarda keltirilgan misollar ishonchsiz ekani qayd etildi. Ular Uzbekistan Airways axborot tizimlariga aloqador emas va dastlabki taxminlarga ko‘ra, jamoatchilikda noto‘g‘ri taassurot uyg‘otish uchun sun’iy ravishda yaratilgan yoki tahrirlangan bo‘lishi mumkin.

Kompaniya xabariga ko‘ra, OAVdagi ma’lumotlar sababli xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Natijada hech qanday ma’lumotlar komprometatsiya qilinmagan. Xavfsizlikni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda.

«OAV vakillari va internet-maydon foydalanuvchilaridan jamoatchilikni chalg‘itishi va aviakompaniyaning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatishdan tiyilishlarini so‘raymiz», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq kompaniyaning darknetda 300 Gb hajmdagi ulkan ma’lumotlar bazasi sotilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent – Riga reyslari vaqti o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek