Yangi Chevrolet Onix Hyundai platformasida ishlab chiqiladi

21-avgust 2025 10:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Onix
Yangi Chevrolet Onix Hyundai platformasida yaratiladi / Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Yangilangan Chevrolet Onix avtomobili keyingi avlodi Janubiy Koreyaning budjet xetchbeki Hyundai HB20 bilan bir xil platformada ishlab chiqiladi. Bu haqda Daily Motor nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Onix tashqi ko‘rinishda Hyundai HB20’dan ko‘p farq qilmaydi. Faqat ayrim dizayn elementlari o‘ziga xos bo‘ladi. Avtomobil uzunligi 4,1 metr, g‘ildirak bazasi 2,6 metr, bagaj hajmi esa 330 litrni tashkil etadi.

Dizayn jihatdan avtomobil klin shaklidagi faralar, ularni tutashtiruvchi LED chiziq, cho‘zilgan kapot va ixcham radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Interyer va dvigatel liniyasi ham Hyundai HB20’dan olinadi.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Yangi Onix bazaviy versiyalarda 1 litrli atmosferali Flex-Fuel dvigateli va 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan taqdim etiladi. Qimmatroq modifikatsiyalarda esa 1 litrli turbo Flex-Fuel motor va 6 pog‘onali avtomat qo‘llaniladi. Bundan tashqari, oddiy yoki plug-in gibrid variantlari ham paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: Hyundai HB20

Chevrolet Onix 2028-yilda taqdim etilishi kutilmoqda. Hyundai HB20 esa kelasi yili bozorga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix avtomobili sotib olishga arziydimi nomli maqola e’lon qilgan edi.

Chevrolet Onix – UzAuto Motors tomonidan 2023-yildan boshlab O‘zbekistonda yig‘ila boshlagan eng yangi sedanlardan biri. U uzoq yillar ishlab chiqarilgan Nexia-3 (Ravon) modelining o‘rnini bosuvchi zamonaviy avlod sifatida taqdim etilgan. Maqolada Chevrolet Onix avtomobilining texnik xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari, xizmat xarajatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Shuningdek