Investitsiya faoliyatini tartibga solishda yangi mexanizm joriy etiladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-oktabrgacha
1-oktabrdan investitsiya platformalari maxsus huquqiy rejim asosida ishlaydi. Foto: doola

«Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investitsiya platformalaridan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi asosida foydalanishga ruxsat etiladi. Bu platformalar qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda, venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda hamda kommandit shirkatlarga hissa qo‘shishda qo‘llanadi.

Investitsiya platformasi operatori faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lishi kerak va davlat organining maxsus reestriga kiritiladi. U belgilangan qoidalarga rioya qilib ishlaydi va platformada tuzilgan shartnomalar reestrini yuritadi.

Bundan avval 2030-yilgacha tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etilgandi.

Shuningdek